PSJ hujumchisining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 25.12.2025 22:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati frantsiyalik hujumchi Bredli Barkolani sotish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Avvalroq Barkola unga qiziqish bildirayotgan "Liverpul" klubiga muayyan shart qo‘ygani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Manbaga ko‘ra, futbolchi haqiqatdan ham "Liverpul"ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, ammo parijliklar uni jamoadan qo‘yib yuborishni istamayapti.

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Barkola bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, futbolchiga "Bavariya" hamda Angliya chempionatida ishtirok etuvchi bir nechta noma’lum klublar qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli vinger barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!