
PSJ ikkita transferni hal qildi
PSJ Messi va Ramos bilan xayrlashganidan keyin transferlar oynasida bir nechta xaridlarni amalga oshirishga urinmoqda. Klub tez orada ikkita futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qiladi. Ular Asensio va Ugarte.
Fabtsritsio Romano xabar berishicha, ayni dam Ugarte tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan. Ushbu transfer uchun PSJ "Sporting"ga 60 million evroga to‘ladi. 22 yoshli urugvaylikka "Chelsi"dan ham taklif bo‘ldi. Ammo yarim himoyachi Frantsiya klubini tanladi. Shartnoma 2028 yilgacha amal qiladi.
Asensio PSJga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. U bilan 4 yillik bitim imzolandi. Ispanilik vinger tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan.
Parijliklarning keyingi maqsadi "Manchester Siti" a’zosi Bernardu Silvani sotib olishdir.
Fikrlar