PSJ irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 20 sentabr, 2021, 01:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 6-turidan o‘rin olgan PSJ - "Lion" bahsi o‘z yakuniga etdi. Qiyin kechgan o‘yinda Pochettino shogirdlari so‘nggi daqiqada raqibdan g‘alabani "ilib ketdi".  

Uchrashuvning 64-daqiqasida Lukas Paketa hisobni ochdi. 66-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda zaxiradan maydonga tushgan Ikardi g‘alaba golini kiritdi. PSJ - "Lion" 2-1. 

Mazkur g‘alabadan so‘ng Parij klubi ochkolari sonini 18 taga etkazib qo‘ydi va raqiblaridan ancha ilgarilab ketdi. "Lion" hisobida 8 ochko bor va jamoa to‘qqizinchi o‘rindan joy olgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!