PSJ katta zarar ko‘radi

Mavsum iyun oyida yakunlansa, PSJ jamoasi 215 mln evro zarar ko‘radi. Bu haqda "Paris Fans" "L'Equipe"ga asoslanib xabar tarqatdi. 

2019/20 yilgi mavsumda PSJning yillik byudjeti 638 mln evroni tashkil etdi va vaziyat yomonlashib, mavsum iyun oyida yakunlansa, klub 215 mln evro zarar ko‘radi.

Klubning telehuquq va EChLdan oladigan daromadi ham kamayadi. Agarda, mavsum yakunlanmasa yoki Parijda o‘tishi kerak bo‘lgan so‘nggi 5 ta bahs bo‘sh arenalarda o‘tsa, o‘yin kunlaridan tushgan zararlar 30 mln evroga kamayadi.

15 mart sanasida "Nitstsa"ga qarshi kechishi kerak bo‘lgan uchrashuv PSJga 5-6 mln evro keltirishi kerak edi. 2018/19 yilgi mavsumda VIP-lojalardan kelgan daromad 105 mln evroni tashkil etgan edi. Bu yil esa klub mazkur summaning kamida 30 % dan ayriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!