
PSJ Kavani va Mbappeni noma’lum muddatga yo‘qotdi
PSJ klubining etakchi hujumchilari - Edinson Kavani va Kilian Mbappe kecha Frantsiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "Tuluza"ga (4:0) qarshi o‘yinda jarohat olishdi.
Aniqrog‘i, urugvaylik futbolchi 14-daqiqadayoq maydonni tark etdi, frantsiyalik futbolchi esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiraga olindi. Tez orada ushbu ikki futbolchi ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng ularning jarohatiga aniq tashhis qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, Kavani PSJ safida 2013 yildan buyon, Mbappe esa 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar