PSJ Kavanining narxini pasaytirdi
PSJ klubi urugvaylik hujumchisi Edinson Kavanining transfer narxini pasaytirdi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 32 yoshli futbolchisini 20 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, bundan avval ular Kavanini 30 mln evroga baholashayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kavaniga "Atletiko", "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar