
PSJ Kavanining transferi bo‘yicha "Chelsi"ga ham rad javobini berdi
Londonning “Chelsi” klubi PSJ forvardi Edinson Kavanini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 32 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olib bo‘yicha parijliklarga taklif bilan murojaat qilishgan. Ammo, Frantsiya chempioni ushbu taklifni rad etgan va Kavanini 23 mln funt evaziga to‘liq sotib yuborishi mumkiniligi ma’lum qilgan.
Aytish kerakki, “Chelsi” Kavanini ijaraga olish bilan birga uning haftasiga 360 ming funtlik maoshini to‘lashga ham tayyorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Atletiko” ham Kavanini sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Biroq, PSJ uning taklifini ham rad etdi.
Fikrlar