PSJ Messi va Mbappening ortidan rosa pul ishlamoqda

  • 22 dekabr, 2022, 08:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" ruhbariyati jamoa yulduzlari Lionel Messi hamda Kilian Mbappening ortidan juda katta mablag‘ ishlab topmoqda.

Tecno

Gap futbolchilarning liboslari haqida ketmoqda. "L'Equipe" nashri xabariga qaraganda, Jahon chempionati finalidan so‘ng har ikki yulduzning futbolkasi sotuvidan tushayotgan daromad 200 foizga oshgan.

Foydaning 40 foizi AQShdagi muxlislar tomonidan amalga oshirilgan buyurtmalarga to‘g‘ri keladi. Mundialning hal qiluvchi bellashuvida Messi boshchiligidagi Argentina Mbappening Frantsiyasini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Avvalroq, parijliklar rahbariyati har ikki etakchisini jamoada olib qolmoqchi ekanligi haqida xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!