PSJ muxlislari "Barselona" futbolchilarini uxlatmadi

  • 10.03.2021 20:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun PSJ UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi.

Ta’kidlash lozimki, Kataloniya poytaxtidagi birinchi o‘yindan oldin "Barsa" muxlislari PSJ futbolchilari yashaydigan mehmonxonaning derazalari oldiga to‘planishib, turli qo‘shiqlar kuylab, barabanlar chalib, mushakbozliklar qilib futbolchilarni tun bo‘yi dam olishlariga to‘sqinlik qilishgan edi.

Parijlik muxlislar ham xuddi shu “mehmondo‘stlik”ni takrorlashdi. Ular mehmon jamoa futbolchilari yashaydigan mehmonxona oldida tonggi soat 4 da juda katta mushakbozlik uyushtirishdi.

Frantsuz jurnalisti Robin Barner ushbu harakat haqiqatan ham Parij klubi muxlislari tomonidan uyushtirilganligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ – “Barselona” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalarning “Kamp Nou”dagi dastlabki bahsi 1:4 hisobida parijliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!