
PSJ muxlislari Mbappeni qanday kuzatib qo‘yishi ma’lum
Kilian Mbappe bugun "Ultras PSJ"ga klubni tark etishini shaxsan o‘zi aytgan.
Frantsiyalik futbolchi "Park de Prens"da tashkil etilgan barbekyu vaqtida "Collectif Ultras Paris" muxlislari bilan suhbatlashdi. Mbappe tadbirda ukasi Etan bilan birga maydonga tushib, muxlislarga klubdan ketishi haqida shaxsan o‘zi xabardor qilgan.
Yakshanba kuni PSJ mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvini "Tuluza"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs doirasida PSJ ultras Mbappe sharafiga futbolchining yuzi aks ettirilgan ulkan banner tayyorlashni rejalashtirmoqda.
"Eslash kerak bo‘lgan ko‘p narsalar bor. U etti yildan beri shu erda va bu kichik muddat emas. U hech qachon qayiqni silkitmagan va bizning ranglarimizni himoya qilgan", - dedi "Collectif Ultras Paris" a’zolaridan biri.
Qayd etish lozim, Mbappe kecha ijtimoiy tarmoqlarda PSJni tark etishini rasman e’lon qildi.
Fikrlar