PSJ muxlislari uchun hushxabar!

  • 05.03.2026 01:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Usmon Dembele jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. "L’Equipe" nashrining xabar berishicha, hujumchi 6 mart kuni Frantsiya chempionati doirasidagi Monakoga qarshi oʻyinda maydonga qaytishga tayyor.

Futbolchi odatdagidek bugungi jamoa mashgʻulotlarida qatnashdi va maydonga qaytishga qatʼiy qaror qilgan. PSJ tibbiy xodimlari Dembelening jamoaga moslashishi va Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida "Chelsi"ga qarshi oʻyinlarga tayyor boʻlishi uchun uning oʻyin vaqtini asta-sekin oshirishni rejalashtirmoqda.

Usmon 2023 yilda "Barselona"dan PSJga 50 million yevro evaziga kelib qoʻshilgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Hujumchi bu mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va yettita golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!