PSJ muxlislari uchun zo‘r xushxabar!

  • 27 sentabr, 2021, 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Pari Sen-Jermen" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

TNT Sports muxbiri Marselo Bexleraning ma’lum qilishicha, parijliklar ustozi Maurisio Pochettino 34 yoshli futbolchini “shaharliklar”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Messi PSJ safiga joriy yozgi transferlar davrida “Barselona”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U Parij klubi safida hozircha 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.

PSJ – “Manchester Siti” uchrashuvi 29 sentyabr kuni  Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!