
PSJ muxlislarining “Real”ga qarshi o‘yindagi qiliqlari uchun jazo oladigan bo‘ldi
UEFA tartib-intizom qo‘mitasi PSJ va “Bazel” jamoasi muxlislarining EChL 1/8 final bosqichi doirasida “Real” va “Manchester Siti” jamoalariga qarshi bahsda o‘zlarini yaxshi tuta bilmaganliklari bois, ularga qarshi ish ochdi.
Parij klubi muxlislari pirotexnima vositalaridan foydalanish va lazer nurlarini ishlatish borasida, ayblanmoqda. “Real”ga qarshi bahs aynan shu bois yarim daqiqa to‘xtab qolgan edi.
“Bazel” muxlislari ham “Ittixod” stadionida “Manchester Siti”ga qarshi kechgan o‘yinda pirotexnika vositalaridan foydalanganliklari bois, jamoaga qarshi ish ochilgan.
Fikrlar