
PSJ Neymar va Verratti bilan xayrlashmoqda
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoaning tajribali o‘yinchilari Marko Verratti va Neymar xizmatidan voz kechishga qaror qildi. Yozgi transferlar vaqtida har ikki futbolchi boqa jamoaga o‘tadigan bo‘lsa, klub ularning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Marko Verrattiga “Al-Hilol” qiziqish bildiryapti. Saudiyaliklar italiyalik yarim himoyachini transfer qilib, keyin uning yordamida Lionel Messini “Al-Hilol”ga kelishga ko‘ndirishni rejalashtirgan.
Neymar ilgari Parijdan ketish variantlarini yo‘qqa chiqarayotgan edi. Biroq fanatlar uyiga borib norozilik namoyish o‘tkazganidan keyin braziliyalik yulduzning fikri o‘zgardi.
31 yoshli hujumchini Angliya Premer-ligasi vakillari o‘z safiga chorlayapti. Transfer bo‘yicha ekspertlar Neymarning maoshi Angliyadan boshqa ligalar jamoalari uchun og‘irlik qilishini ta’kidlamoqda.
Fikrlar