PSJ Neymarning o‘rniga kimni o‘ynatishni belgiladi

  • 21 avgust, 2022, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva uchun kurashayotgan jamoalar qatoriga PSJ ham qo‘shildi.

Biroq, parijliklar portugaliyalik futbolchini olish uchun joy bo‘shatishi kerak bo‘ladi. Shu bois, ular braziliyalik hujumchi Neymarni boshqa jamoaga transfer qilgandagina Bernardu Silvani olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

Neymar jahon chempionati oldidan jamoasini alishtirishdan bosh tortmoqda. Qolaversa, braziliyalik yulduzning parijliklar bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi va u har mavsum uchun 50 million evrodan maosh olmoqda.

2017 yildan beri “Manchester Siti”da to‘p tepayotgan Bernardu Silvaga asosiy da’vogar sifatida “Barselona” tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!