
PSJ prezidenti Mbappening tanqidiga keskin javob qaytardi. "Serial" tobora avj nuqtasiga chiqmoqda!
Ayni vaqtda Kilian Mbappening PSJni tanqid qilgani haqidagi xabarlar omma e’tiborini tortdi. Futbolchining intervyusiga klub rahbari Nosir al-Xelayfi ham jim turgani yo‘q. U keskin tarzda futbolchiga javob qaytardi.
"Uning fikrlari meni hayratda qoldirdi. Bu nafaqat bizga, balki tarkibdagi boshqa futbolchilar, murabbiylar va muxlislarga ham hurmatsizlik hisoblanadi.
Agar Mbappe rostan klub haqida shunday o‘ylayotgan ekan, nimaga u hali ham PSJni tark etmayapti?", - dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, Kilianning "Real"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar tobora keng tarqalmoqda. O‘tgan mavsum boshlangan bu transfer tafsilotlariga jurnalistlar allaqachon "Mbappe seriali" degan nom ham qo‘yib ulgurishgan.
Fikrlar