PSJ prezidenti: Neymarning transferini 3 yil oldin rejalashtirgandim
Frantsiyaning PSJ klubi prezidenti Nasser Ganim Al-Xelaifi Neymarning transferi borasida gapirib o‘tdi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.
- Men Neymar bilan shartnoma imzolashni uch yil avval boshlagan edim. “Barselona” bilan muzokara o‘tkazishim uchun bir yil kerak bo‘ldi. Ikki hafta oldin esa kataloniyaliklar bilan futbolchining o‘tishi borasida muzokaralarni boshladik, - deydi PSJ prezidenti.
Fikrlar