PSJ prezidenti sud oldida javob berdi

  • 25 oktabr, 2017, 19:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiy Shveytsariya prokuraturasi tomonidan, 2018, 2022, 2026 va 2030 yillardagi jahon chempionati o‘yinlari translyatsiyasini sotib olish bilan bog‘liq korruptsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilindi.

Tecno

L'Equipe xabariga ko‘ra, so‘roq ertalab boshlangan va Al-Xilayfiyning tarjimon xizmatidan foydalangani, shuningdek unga ko‘plab savollar berilgani tufayli bir necha soat davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qatarlik mulozim rahbarlik qilayotgan BeIN Media Group kompaniyasi FIFA bosh kotibi Jerom Valke yordami bilan jahon chempionati o‘yinlari translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritgani, Al-Xilayfiy esa ung pora sifatida qimyati 7 mln evroga teng villani sovg‘a qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!