
PSJ Ramos bilan shartnoma uzaytirmoqchi
Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda turkiyalik jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, frantsuz klubi rahbariyati 36 yoshli futbolchiga bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.
Avvalroq OAVda PSJ sport direktori Luis Kampush Ramos bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Ramos frantsuz klubi safida 15ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar