
PSJ Ramosning kelajagi borasida bir qarorga keldi
PSJ joriy mavsum oxirida shartnomasi yakuniga etadigan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
"Sport" nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar 36 yoshli futbolchini keyingi mavsumda ham o‘z safida olib qolmoqchi. Ayni paytda Serxioga MLS chempionatidandan taklif bor. Bunlan tashqari Serxioga Ronaldu harakat kilayotgan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ispaniyalik futbolchi Frantsiya grandi safida 2021 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘shandan beri himoyachi barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar