PSJ “Real” yulduzini katta summaga olmoqchi

  • 21 fevral, 22:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real”dan o‘yinchi olishni mo‘ljallayapti. 

Tecno

Manbalarga ko‘ra, parijliklar Eduardo Kamavingaga jiddiy qiziqish bildiryapti. PSJ xo‘jayinlari  madridliklarni frantsiyalik yarim himoyachini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish uchun 80 million evro miqdorida badal puli taklif qilmoqchi. 

Frantsiya chempionlari Kamavingani nishonga olgani bejiz emas. Jamoa yarim himoyachisi Fabian Ruis yozda boshqa klubga o‘tmoqchi. Luis Enrike uning o‘rnida Kamavingani o‘ynatishni mo‘ljallagan. 

Kamavinga iqtidoriga qaramay, “Real”ning alishtirib bo‘lmas o‘yinchisiga aylana olgani yo‘q. “Qirollik klubi” frantsiyalik legioner bo‘yicha muzokaralarga ochiq. 
22 yoshli futbolchining klub bilan hamkorligi 2029 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan. Biroq Parij klubi mutasaddilari taklif qilinayotgan summa “Real”ni ko‘ndirishga etarli, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!