PSJ Ronalduni eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylantirish niyatida

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning PSJ klubi "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun astoydil harakat qilmoqda. 

"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ronalduning transferi uchun parijliklar 150 million evro to‘lamoqchi. Shuningdek, klub futbolchining o‘ziga yillik maoshi 45 million evroni tashkil qiladigan shartnoma taklif qilishga tayyor. Nashrning yozishicha, PSJ rahbariyati Mbappe-Neymar-Ronaldu hujumda triosini ko‘rmoqchi. 

Biroq Madrid jamoasi etakchisini qo‘yib yuborish niyatida emas, qolaversa, aynan ular Neymarni "qirollik klubi"ga qo‘shib olish ilinjida yuribdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!