
PSJ yulduzi Italiyaga borishdan bosh tortdi
PSJdan ketishi talab qilinayotgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Aks holda, klub xo‘jayinlari uni bir necha futbolichiga qo‘shib, beshinchi diviziondagi zaxira jamoasiga jo‘natib yuborishi mumkin.
Mashhur futbolchiga A Seriya debyutanti “Montsa”dan chorlov bo‘lgandi. Lekin Ikardi bu taklifni qabul qilmadi.
Tabiiyki, Ikardi darajadasidagi hujumchiga jiddiy klublar ham e’tibor qaratmoqda. Xususan, o‘tkir hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Manchester Yunayted” va “Galatasaroy” 29 yoshli forvardni nishonga olgan.
Mauro o‘tgn mavsumda 30 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh bor ishg‘ol qildi. Mohir hujumchining transferi 22 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar