PSJ yulduzini Angliyaning uch grandi talashyapti

  • 16.01.2026 10:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasi vakillaridan “Arsenal”, “Chelsi” va “Liverpul” rahbariyati Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi PSJ tarkibida o'ynayotgan qanot hujumchisi Bredli Barkolani o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. 

TEAMtalk nashri xabariga ko'ra, grand klublar Parij klubi va futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan. 

Manbaga ko'ra, 23 yoshli vinger kelasi yozda “Pari Sen-Jermen”dan ketadigan futbolchilardan biri hisoblanadi. Biroq parijliklar uni qishki transfer oynasi vaqtida qo'yib yubormasligini bildirgan. 

Shu bilan birga, mavsum yakunida Barkola bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgani haqida ham xabarlar bor. Futbolchi 2023 yilning yozidan beri PSJ safida o'ynab kelmoqda. Barkolaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Barkolaning bozor qiymati 70 million evroni tashkil qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!