PSJ yulduzini sotuvga qo‘yadi
PSJ rahbariyati argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘yicha tushadigan transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
Parijliklar Mauro Ikardini 50 million evrodan kam bo‘lmagan narxga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.
Messining shaxsiy munosabati tufayli Argentina terma jamoasiga chaqirilmaydigan bu hujumchiga asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” tilga olinmoqda. Andrea Pirlo yozda jamoa tarkibini yangilashga qaror qilgan va turinliklarga ko‘p gol ura oladigan mahoratli hujumchi ham kerak.
PSJ hujum chizig‘ida raqobat o‘ta kuchli ko‘rinish olgani uchun Ikardi etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 16 ta uchrashuvda o‘tkazib, oltita gol urdi va uchta golli pas uzatdi.



Fikrlar