PSJdan kutilmagan qaror

  • 9 iyun, 2020, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati jamoa sardori Tyago Silva bilan amaldagi shartnomani yana ikki oyga uzaytirishga qaror qildi. Aslida bitim shu oy oxirida yakunlanishi kerak edi. Pandemiya tufayli mavsum cho‘zilgani bilan bog‘liq.

Tecno

Garchi Frantsiya chempionatida muddatidan oldin yakunlangan bo‘lsa-da, 35 yoshli Tyago Silva Chempionlar ligasida to‘p surishi uchun unga ikki oylik shartnoma taklif qilinadi. PSJ ushbu musobaqada chorak finalga yo‘llanma olgan.

Braziliyalik futbolchi 2012 yilda “Milan”dan PSJga 42 million evro evaziga ko‘chib o‘tganidan buyon parijliklar tarkibida 7 marta mamlakat chempioni, 4 bor Frantsiya kubogi, 5 marotaba Liga kubogi va 5 karra Superkubok sohibi bo‘ldi.

O‘runov “jang”ga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!