
Puli yo‘q “Barsa” yana katta transferga qo‘l urmoqda
Bir necha yillardan beri moliyaviy qiyinchiliklar bilan kurashib kelayotgan “Barselona” katta transferlarsiz “Real” va boshqa qudratli klublar bilan raqobatlaga olmasligini tushinib etdi.
Kataloniya klubi mutasaddilari bu yoz yana bir katta xaridni amalga oshirmoqchi.
“Barselona” tarkibni kuchaytirish uchun “Liverpul”ning qanot hujumchisi Luis Diasni olishga qaror qildi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, ispan grandi 27 yoshli o‘yinchi uchun inglizlarga 55-60 million evro atrofida mablag‘ taklif qilishga tayyor.
“Liverpul” Dias bilan xayrlashishga rozi. Biroq ular “Barselona”dan 62 million evrodan ko‘proq mablag‘ talab qilyapti. Chunki kataloniyaliklar “Atletik” hujumchisi Niko Uilyams uchun aynan mana shu summani tayyorlab qo‘ygan edi. Bu transfer amalga oshmadi.
Fikrlar