
Pulni ayamaymiz! Laporta “Barsa”ga zo‘r to‘purar olib beradi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta tarkibni kuchaytirish uchun katta transferlarga qo‘l urishga tayyorligini bildirdi.
Klub xo‘jayini kelasi yozda kataloniyaliklar bir necha yildan beri kutayotgan argentinalik yulduzni jamoaga olib kelishni mo‘ljallayapti.
TodoFichajes portali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Laporta “Inter” to‘purari Lautaro Martinesni olib kelish uchun pul ayamaydi. “Inter” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli jamoa etakchisi va sardorini sotib yuborishi haqidagi xabarlar Laportani azaliy orzuni amalga oshirishiga turtki bo‘lmoqda.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, klub Robert Levandovskini AQSh chempionatiga transfer qilishi kutilyapti. Lautaro esa, kelasi yoz polshalik to‘purar o‘rnini egallashi kerak.
Transfermarkt portali 27 yoshli jahon chempionini 110 million evroga baholamoqda. Lautaro Martines 2018 yildan beri “INter” safida 285 ta uchrashuvda qatnashib, 129 ta gol va 43 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar