
Pulni tanlagan o‘yinchiga terma jamoa eshigi yopildi
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumkor futbolchi Stiven Bergveyn xizmatidan foydalanmasligini bildirdi. Bunga o‘yinchining Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tgani sabab bo‘ldi.
26 yoshli Bergveyn “Ayaks”dan “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tdi. Bu transfer 21 million evroni tashkil qildi.
Bergveynga terma jamoa eshiklari yopildi. Futbolchining o‘zi buni yaxshi biladi. 26 yoshingda asosiy maqsad futbol bo‘lishi kerak, pul emas. Futbolchi tanlovni o‘zi amalga oshiradi.
Men hech qachon bunaqa holatga tushmaganman, chunki “Barselona”ga o‘tish imkonim bo‘lgan. Bergveyn “Ayaks”da qolishi mumkin edi. Buning nimasi yomon? O‘yinchilarning qarorini hurmat qilish kerak, lekin men hech qachon Saudiya Arabistoniga ketmas edim, - dedi Ronald Kuman.
Stiven Bergvey Niderlandiya terma jamoasi safida 35 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar