
Puyol Messi va Ronalduni taqqosladi
“Barselona” jamoasining sobiq himoyachisi Karles Puyol kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
“Futbolda alohida o‘yinchilarga qarab qaror qabul qilinishi adolatsiz deb hisoblayman. Axir jamoaviy xatti-harakatlar ahamiyat kasb etadi. Agar menda tanlash imkoni bo‘lganida, Messini tanlardim. U Ronalduga nisbatan ko‘p tarmoqli o‘yinchi”, – dedi Puyol.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yakunlariga ko‘ra Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida beshinchi marta “Oltin to‘p”ga ega bo‘ldi.
Fikrlar