Puyol Xaviga qaysi yo‘lduzni olish kerakligini aytdi

  • 23 iyul, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” safida porlagan Karles Puyol sobiq jamoadoshi – hozir jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Xavi Ernandesga chililik futbolchi Aleksis Sanchesni olishni maslahat berdi.

- Menimcha, Aleksis Sanchesga yana “Barselona”da o‘ynash imkoniyatini berish kerak. U men birga o‘ynagan eng iqtidorli futbolchilardan biri.

Aleksis o‘zining hozirgi jamoasida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Lekin menimcha, u endi “Barselona”da o‘ynashi kerak, - dedi Puyol.

Aslida “Inter” rahbariyati yozda kataloniyaliklarga Aleksis Sanchesni olishni taklif qilgandi. Biroq “Barsa” vakillari asosiy nishon Robert Levandovski va Rafinya Dias ekanini ta’kidlab, milanliklar taklifini rad qilgan.

Sanches faoliyati davomida Evropada “Udineze”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!