Pxyonchxan-2018: Amerikalik go‘zal snoubordchi ikkinchi bor Olimpiada chempioni bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiadaning navbatdagi kun bellashuvlari start oldi.
Musobaqaning uchinchi kun doirasida o‘ynalgan ilk medallardan biri ayollar o‘rtasida snoubordning slopstayl yo‘nalishi bo‘ldi. O‘z davrining eng kuchli slopsaylchisi bo‘lib turgan amerikalik Jeymi Anderson bu gal ham tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi. Jeymi 4 yil muqaddam Sochi shahrida kechgan Olimpiadada ham oltin medalni qo‘lga kiritgan. Kumush va bronza medallari esa kanadalik Lori Bloin hamdaa finlyandiyalik Enni Rukayarviga nasib etdi.

Snoubord. Slopsaytl, ayollar.
1. Jeymi Anderson (AQSh)
2. Lori Bloin (Kanada)
3. Enni Rukayarvi (Finlyandiya)

Fikrlar