
Pxyonchxan-2018: Bugungi kun Germaniya termasi uchun ajoyib boshlandi
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan Olimpiadasining oltinchi kun bellashuvlari boshlab yuborildi. Ushbu kun o‘ynalgan birinchi medallar shodasi figurai uchishning juftlik yo‘nalishida bo‘ldi.
Qisqa dasturdan keyin ikkinchi o‘rinda borayotgan germaniyalik duet Alena Savchenko va Bruno Masso erkin dasturda ajoyib chiqishi bilan barchaning olqishlariga sazovor bo‘ldi. O‘z navbatida, hakamlar ham ularning chiqishini yuqori ball bilan baholadi. Shu tariqa, bu juftlik Germaniya terma jamoasining Olimpiadadagi sakkizinchi oltin medalini taqdim qildi. Kumush va bronza medallari Xitoy hamda Kanada terma jamaosi vakillariga nasibetdi.
Figurali uchish. Juftlik.
1. Alena Savchenko – Bruno Masso (Germaniya)
2. Ventszin Suy – Tsun Xan (Xitoy)
3. Megan Dyuamel – Erik Redford (Kanada)
Fikrlar