Pxyonchxan-2018: Erik Frentsel ikki kurashda yana tengsiz

CHERY AUTO

Bir necha daqiqa avval Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida navbatdagi medallar shodasi o‘z egasiga topshirildi. 

Tecno

Chang‘i ikki kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvda germaniyalik Erik Frentsel yana bir bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Erik 4 yil muqaddam ham ushbu yo‘nalishda chempion bo‘lgandi. O‘rta balandlikdagi tramplindan sakrash va 10 kilometrga chang‘i poygasi bo‘yicha ketgan bahs nemis atleti uchun xayrli yakunlandi. Kumush va bronza medallari yaponiyalik Akito Vatabe hamda avstriyalik Lukas Klapferga nasib etdi. 

Chang‘i ikki kurashi. Erkaklar

1. Erik Frentsel (Germaniya)
2. Akito Vatabe (Yaponiya)
3. Lukas Klapfer (Avstriya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!