Pxyonchxan-2018: Ester Ledetska Chexiya terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasining navbatdagi kun bellashuvlari doirasida snoubordning parallel gigant slalom yo‘nalishida bahslar bo‘lib o‘tdi.
Ayollar o‘rtasida kechgan bahsda chexiyalik Ester Ledetska g‘alaba qozonib, terma jamoasining musobaqadagi ikkinchi oltin medaliga mualliflik qildi. E’tiborlisi, u yarim final va finalda ikki germaniyalik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan probadagi medallar mos ravishda Selina Yorg hamda Ramona Xofmaysterga nasib etdi.
1. Ester Ledetska (Chexiya)
2. Selina Yorg (Germaniya)
3. Ramona Xofmayster (Germaniya)
Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda shveytsariyalik Nevin Galmarni g‘alaba qozondi. Koreyalik Li San Xo ikkinchi, sloveniyalik Jan Koshir esa uchinchi natijani qayd etgan.
1. Nevin Galmarni (Shveytsariya)
2. Li San Xo (Koreya Respublikasi)
3. Jan Koshir (Sloveniya)

Fikrlar