Pxyonchxan-2018: Furkad niyatiga etdi

CHERY AUTO

Pxyonchxanda Olimpiadasining uchinchi kunida kechki dasturlardan o‘rin olgan barcha bellashuvlar navbati bilan o‘tkazilmoqda. Ayollar o‘rtasida ta’qib poygadan keyin erkaklar ham shu yo‘nalishda kuch sinashishdi. 

Tecno

Sprintda 3ta xato bilan sakkizinchi o‘rinda qolib ketgan frantsiyalik biatlonchi Marten Furkad bu gal yuksak tajribasi va o‘q otishdagi ijobiy natijalari bilan ko‘ngildagidek poyga o‘tkaza oldi. Aynan mana shu ikki omil evaziga u bugun Pxyonchxanda ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, bu Furkad uchun Olimpaidalardagi uchinchi oltin medal edi. Kumush va bronza medallari mos ravishda shvetsiyalik Sebastyan Samyuelsson hamda germaniyalik Benedikt Dollga nasib etdi.

Biatlon. Ta’qib poygasi, erkaklar.

1. Marten Furkad (Frantsiya)

2. Sebastyan Samyuelsson (Shvetsiya)

3. Benedikt Doll (Germaniya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!