Pxyonchxan-2018: Gollandiyalik konkichilar oltin medallarni hech kimga berishmayapti

CHERY AUTO

Pxyonchxan Olimpiadasining konkida yugurish bellashuvlari gollandiyalik konkichilarning yaqqol etakchiligida o‘tmoqda. Shu paytgacha o‘tgan barcha bahslarda "Uchar gollandlar" oltin medalni o‘zlarini qilishmoqda.

Tecno

Biroz avval nihoyasiga etgan ayollar o‘rtasida 1500 metrga yugurish bahsida Iren Vyust g‘alaba qozonib, o‘zi va terma jamoasining navbatdagi oltin medaliga egalik qildi. Yaponiyalik Mixo Takagi Yaponiya terma jamoasiga musobaqadagi ilk kumush medalni olib bergan bo‘lsa, boshqa bir gollandiyalik Marrit Leenstra kuchli uchlikni yakunlab berdi. Hammadan ham alamli natija Gollandiya terma jamoasining boshqa bir vakili Lotte van Beekga tegishli bo‘ldi.

Konkida yugurish. Ayollar, 1500 metr

1. Iren Vyust (Gollandiya) – 1.54,35
2. Mixo Takagi (Yaponiya) – 0,20
3. Marrit Leenstra (Gollandiya) – 0,91
4. Lotte Van Beek (Gollandiya) – 0,92

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!