Pxyonchxan-2018: Qozog‘iston terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pxyonchxanda davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida Qozog‘iston terma jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida mogul yo‘nalishida kechgan bellashuvda Yuliya Galisheva uchinchi natijani qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin medal frantsiyalik Perrin Laffontga nasib etgan bo‘lsa, kumush medal kanadalik Jyustin Dyufur-Lapuantga tegishli bo‘ldi.

Fristayl. Ayollar, mogul

1. Perrin Laffont (Frantsiya)

2. Jyustin Dyufur-Lapuant (Kanada)

3. Yuliya Galisheva (Qozog‘iston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!