Pxyonchxan-2018: Rossiyalik kyorlingchilar finalga chiqa olishmadi

Bu yil Pxyonchxan Olimpiadasiga yangi kiritilgan yo‘nalishlardan biri kyorlingning dabl-mikst yo‘nalishi bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda bugun ikki yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.

Ularning birida rossiyalik Olimpiadachi atletlar (ROA) hamda Shveytsariya terma jamoasi vakillari bahs olib borishdi. Shveytsariyaliklarning ustunligida boshlangan bellashuv yakungacha shunday davom etdi va rossiyalik kyorlingchilar bronza medali uchun kurashadigan bo‘lishdi. Ularning bu yo‘ldagi raqibi ikkinchi yarim final juftligida Kanadaga 4:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan Norvegiya termasi bo‘ladi.

Kyorling. Dabl-miks, 1/2 final

ROA – Shveytsariya 5:7

Kanada – Norvegiya 8:4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!