Pxyonchxan-2018: Shon Uayt 3 karra Olimpiada chempioni bo‘ldi
Pxyonchxan Olimpiadasida bugun o‘ynalgan dastlabki medallar jamlanmasi erkaklar o‘rtasida snoubordning xafpayp yo‘nalishida bo‘ldi.
O‘z yo‘nalishida g‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan amerikalik snoubordchi Shon Uayt yana bir karra yuqori mahorat egasi ekanini isbotlab, oltin medalb egasi bo‘ldi. Ta’kidlash kerak, Shon ilgari Turin va Vankuver Olimpiadalarida ham chempion bo‘lgan edi. Kumush medal bilan yaponiyalik Ayumi Xirano taqdirlangan bo‘lsa, avstraliyalik Skotti Jeyms bronza medaliga loyiq ko‘rildi.
Snoubord. Erkaklar, xafpayp
1. Shon Uayt (AQSh)
2. Ayumu Xirano (Yaponiya)
3. Skotti Jeyms (Avstraliya)

Fikrlar