Pxyonchxan-2018: Tog‘ chang‘isining bugungi bahslarida g‘oliblar aniqlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pxyonchxan Olimpiadasining bugungi kun bellashuvlarida tog‘ chang‘isining 2 yo‘nalishida medallar jamlanmasi o‘ynalishi belgilab qo‘yilgan edi.  

Dastlab erkaklar o‘rtasida tezkor tushish bo‘yicha bahslar o‘tkazilib, unda norvegiyalik Aksel Lund Svindal g‘alaba qozondi va ikkinchi bor Olimpiada chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida kechgan gigant slalom bahsida esa amerikalik Mikaela Shiffrin eng yaxshi natijani qayd etdi. E’tiborlisi, bugun Shiffrin ham o‘zining Olimpiadalardagi oltin medallarini 2taga etkazib oldi. Mikaela 4 yil avval Sochida slalom bahsida tengsiz bo‘lgandi. Batafsil: 

Tog‘ chang‘isi. Erkaklar, tezkor tushish.

1. Aksel Lund Svindal (Norvegiya)
2. Ketil Yansrud (Norvegiya)
3. Beat Foyts (Shveytsariya)

Tog‘ chang‘isi. Ayollar, gigant slalom.

1. Mikaela Shiffrin (AQSh)
2. Ragnxil Muvinkel (Norvegiya) 
3. Federika Brinone (Italiya) 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!