Pyotr Yan: Meni chempionlikdan bitta jang ajratib turibdi

  • 5 iyun, 2024, 18:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Mashhur rossiyalik MMA jangchisi, engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Pyotr Yan faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Menda istak va xohish bor. Men raqobatlasha olaman. Men allaqachon jangni sog‘indim. Agar sizda bunday istak bo‘lmasa, unda ketishingiz kerak. Lekin men istayman. Meni chempionlikdan bitta jang ajratib turibdi. Kimnidir engishim kerak”, — deya Yanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “TASS”.

Eslatib o‘tamiz, Yan o‘zining so‘nggi jangini UFC 299 turnirida xitoylik Song Yadongga qarshi o‘tkazgan edi. 9 martdan 10 martga o‘tar kechasi Mayamida (AQSh) bo‘lib o‘tgan oqshomdagi jang uch raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Pyotr g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!