
Pyotr Yan MMA afsonasi Fyodor Emelyanenkoga javob qaytardi
O‘ta engil vazn toifasida UFCning amaldagi chempioni rossiyalik Pyotr Yan mashhur MMA jangchisi Fyodor Emelyanenkoning tanqidlariga javob qaytardi. Avvalroq, Emelyanenko "Yan bajarishdan ko‘ra, ko‘proq gapira boshlaydi", deb aytgan edi.
“Men Fyodorning sharhini ko‘rdim. Fyodor - bu Fyodor! Biz unga o‘xshay olmaymiz, uning fikri o‘rinli. Lekin men har bir so‘zim uchun javob bera olaman", - dedi Yan o‘z Instagramidagi jonli efirda.
Eslatib o‘tamiz, Yan iyul oyida braziliyalik Joze Aldoni mag‘lubiyatga uchratib, UFC chempioniga aylangandi.
Fikrlar