Qarshi kortlarida kimga omad kuladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qarshi shahrida Professional tennischilar uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimiga kiruvchi "Chellenjer" turnirining saralash o‘yinlari davom etmoqda.

 

Saralash o‘yinlarining dastlabki bosqichida kortga chiqqan tennischilarimizdan uch nafari ikkinchi davraga yo‘llanma oldi. Biroq, "Chellenjer" kuchli tennischilardan tarkib topgani uchun hamyurtlarimiz asosiy to‘rga chiqish uchun yana ikki bosqichdan o‘tishi kerak.

Madriddan Toshkentga xushxabar keldi

Birinchi davrada tajribali Shonig‘mat Shofayziev iste’dodli yosh tennis Amal Sultonbekov bilan raqobatlashdi va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda 6:4, 6:7, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Yana ikki hamyurtimizning o‘zaro bahsida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan Sharobiddin Abzalov ikki setda Azizbek Luqmonovni 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.

Shohruh Abdumalikov esa qiyin o‘tgan bahsda Botir Sapaevni 5:7, 6:4, 7:5 hisobida dog‘da qoldirdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!