
Qashqadaryo hokimi "Nasaf" rahbariyati va homiylar bilan moliyaviy muammolarni echish masalalarini muhokama qildi
"Nasaf" klubi moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda. Jamoa shunday holatda bo‘lishiga qaramay, o‘tgan mavsum Superligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston kubogida esa, yarim finalda ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev ushbu natijalardan so‘ng, klubni tabriklab, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgandi. Kuni kecha Zoyir Mirzaev "Nasaf" futbol klubi rahbariyati va homiylar bilan uchrashib, jamoadagi moliyaviy muammolarni echish masalalarini muhokama qilgani borasida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Biroq uchrashuv tafsilotlari borasida boshqa hech narsa deyilmagan. Ko‘ramiz, bunday uchrashuvlardan so‘ng "ajdarlar"dagi moliyaviy holat o‘zgararmikin?
Fikrlar