Qatar - O‘zbekiston uchrashuvida nimalar sodir bo‘ldi?

  • 4 iyun, 2022, 19:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U23 Osiyo Kubogi 2-turi doirasidagi Qatar - O‘zbekiston uchrashuviga start berildi. Quyida mazkur qarama-qarshilikdan matnli translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.

Tecno

90+3. Uchrashuv yakunlandi. O‘zbekiston muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l oldi!

90+2. Ne’matov darvozasi tomon standartdan berilgan zarba noaniq ketdi.

90+1. Abbos Fayzullaevning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

90. O‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shildi.

89. Kapadze ham o‘zgarishga qo‘l urdi: Abdurauf Bo‘riev zaxiraga olindi. Uning o‘rnini Abubakrrizo Turdaliev to‘ldiradi.

88. Maydonni tark etgan Ayman o‘rniga Mekki Tombari o‘yinga qo‘shildi.

87. Ibrohim Ibragimovga nisbatan jiddiy tarzda qoida buzildi. Agar o‘yinda intriga bo‘lganida, hakam kartochka ko‘rsatishi ehtimoli yuqori edi.

87. Futbolchi o‘yinni davom ettira olmadi. Qatarliklar 10 kishi bo‘lib bir necha soniya harakat qiladi.

86. Yusuf Aymanga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

84. Raqib hisobni qisqartirishi mumkin edi. Ammo bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to‘pni Jiyanov qaytarib qoldi.

82. Abdulrashid Umaru mag‘lubiyatga chiday olmayapti, chog‘i. Uning asablari juda tarang.

80. Birga-bir vaziyatga chiqqan Jiyanov to‘pni to‘xtata olmadi. Aks holda nima bo‘lishini o‘zingiz tasavvur qilavering.

78. O‘yin tempi biroz pasaydi. To‘p hamon futbolchilarimizda.

76. Qatarlik futbolchilar standart vaziyatdan foydalana olmadi.

74. Bu darvozabon Saudiya maydonlaridagi OChL o‘yinlarida "Paxtakor" futbolchilarini juda qiynagandi. Bugun esa...

73. Begimovning ayyorona zarbasidan so‘ng to‘pni raqib darvozaboni qaytardi. 

72. Kapadze shogirdlari ortiqcha muammosiz to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi. Menimcha, shu hisob etarli.

70. Qatarliklar biroz agressiv futbol ko‘rsatmoqda. Futbolchilarimiz yakkakurashlardan tiyilishi zarar qilmaydi.

69. Davronov Mustafo Tariq bilan to‘qnashib ketdi. Har ikki futbolchiga tibbiy yordam kerak.

67. GOOOOOOOOOOLLLLLLLL! Ruslan Jiyanov!

Qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Jiyanov aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi. Golni nishonlash Ronaldu uslubida!

65. Raqib tarkibida ikki o‘zgarish. Balki bosh murabbiy umidini uzib, shogirdlariga dam bermoqchidir.

63. GOOOOOOOOOLLLLLL! Norchaevdan dubl!

Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan Husain dublni rasmiylashtirdi.

62. Ruslan Jiyanov va Abbos Fayzullaev o‘yinga qo‘shildi. Ular Ulug‘bek Hoshimov hamda Jasur Jaloliddinovni almashtirdi.

61. Hoshimov ham golni marhum do‘sti Diyorbekka bag‘ishladi.

60. GOOOOOOOOOLLLLLL! Ulug‘bek Hoshimov!

Husainning zarbasidan so‘ng darvozabondan qaytgan to‘pni Ulug‘bek bo‘sh qolgan darvozaga kiritdi.

59. Qatar safida o‘zgarish: Hoshim Ali o‘z o‘rnini Ahmad Al-G‘aneg‘iga bo‘shatib berdi.

58. Kapadze shogirdlari raqb hujumlarini markazdayoq to‘xtatmoqda.

56. Hoshim Aliga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

55. To‘p nazorati qatarlik futbolchilarda. Jamoamiz himoyalanish bo‘yicha ham master-klass namoyish etmoqda.

53. Hoshimov aldamchi harakatlarni biroz ko‘paytirib yubordi. Raqiblar uni zararsizlantirdi.

Bizning muxlislar hammasini biladi. Fotograf esa, hech narsani ko‘zdan qochirmaydi

photo_2022-06-04_21-06-50

52. Darvozamiz tomon berilgan kam sonli zarbalardan bu galgisini Ne’matov bartaraf etdi.

50. Husainning o‘tkir burchakdan bergan zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi.

48. Bir raqibidan o‘tgan Hoshimov ikkinchisini mahv eta olmadi.

47. To‘p himoyachining qo‘liga tekkan bo‘lishi mumkin. Hakam VAR bilan maslahatlashmoqda...

46. Ikkinchi 45 daqiqalikni ham vakillarimiz faolroq boshladi. Jaloliddinovning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachilardan biriga tegdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. Bo‘limlar oralig‘ida Kapadze o‘zgarishga qo‘l urdi. Saidazamat Mirsaidov o‘z o‘rnini Eldorbek Begimovga bo‘shatib berdi.

46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!

45+2. Birinchi taym nihoyasiga etdi. Tanaffus!

IMG_1425

45+1. GOOOOOOOOLLLLLLL! HUSAIN NORChAEV!

Hojimat Erkinovning uzatmasidan so‘ng bo‘sh darvoza qarshisida qolgan Husain mo‘ljalda adashmadi.

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi.

44. Vakillarimiz burchak zarbasiga ega bo‘ldi. Markazga oshirilgan to‘pni himoyachilar uzoqlashtirdi.

43. Husain bugun biroz o‘ziga o‘xshamayapti. 

42. Norchaev bilan kombinatsiya uyushtirgan Hoshimov zarba yo‘lladi, to‘p ustun yonginasidan o‘tib, maydonni tark etdi.

40. Bo‘lim so‘ngiga yaqinlashgani sari raqib faollikni oshiryapti. Xushyorroq bo‘lish lozim, yigitlar!

39. Himoyada xato. Mirsaidov to‘pni to‘xtata olmadi. Uning baxtiga jarima maydoniga oshirilgan pasni Ne’matov zararsizlantirdi.

38. O‘yin tempi biroz pasaydi. Bunga yuzaga kelgan to‘xtalish ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

36. Qatarlik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

photo_2022-06-04_20-37-23

35. Ajoyib vaziyat! Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Husain darvozaga to‘g‘irlab yubora olmadi. To‘p ustunga tegib, posbonning qo‘llariga borib tushdi.

34. Arablar biroz asabiylashmoqda. Futbolchilarimizga nisbatan aksariyat vaziyatlarda qo‘pollik ishlatishyapti.

33. Ikki raqibini chalg‘itgan Jasur o‘tkir burchakdan zarba berdi, noaniq.

32. Muhammadqodir jarima maydoni ichidagi to‘pni uzoqlashtirdi. Ajoyib mudofaa!

31. Hujumda fol ishlatgan Jasur Jaloliddinovga sariq kartochka ko‘rsatildi.

29. Hamraliev to‘pni sherigiga etkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Xayriyat, vaziyat yaqinida paydo bo‘lgan Bo‘riev barchasini to‘g‘irladi.

27. Futbolchilar ehtiroslarini biroz jilovlab olishi lozim. Norchaev raqib himoyachisi bilan kelisha olmay qoldi.

26. Jaloliddinov zarbada texnik xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada, to‘p osmonu falakka uchib ketdi.

25. Ohhhhoo! Darvozabonimiz bugun jarima maydoni ichida yakka hukmronlik o‘rnatgan. Birorta to‘p uning qo‘lidan "qocha olmayapti!"

25. Abduvohid Ne’matov ishonchli harakati bilan xavfni bartaraf etdi, tomoshabinlar uni olqishlamoqda.

24. Qatarliklar standart vaziyatga ega bo‘ldi. Bu erdan to‘pni jarima maydoniga uzatish qulay.

22. O‘yin tizgini butunligicha vakillarimizda. Muxlislar esa, "to‘lqin"ni boshlab yubordi.

20. GOOOOOOLLLLL! HOJIMAT ERKINOV!

Vakilimiz qanotdan boshlagan hujumni o‘zi muvaffaqiyatli yakunladi. O‘tkir burchakdan berilgan kuchli zarba oldida darvozabon ojiz qoldi.

19. Kutilganidek, bugun ham Jaloliddinovga nisbatan qo‘pol futbol ko‘rsatilmoqda.

18. Tinib-tinchimas Hoshimov bu safar taktik fol evaziga raqib qarshi hujumini oldini oldi.

17. Ulug‘bek Hoshimov anchagina faol! Uning navbatdagi uzatmasidan so‘ng burchak zarbasi ishlab oldik.

15. Himoyachilarimiz raqibga deyarli imkoniyat qoldirmayapti. Shunday davom etish lozim.

14. Jasurning uzatmasidan so‘ng birga-bir vaziyatga chiqib borish uchun Hojimatga biroz tezlik etishmadi.

13. "Paxtakor" stadioniga yig‘ilgan 30 mingdan ziyod muxlis vakillarimizni tinmay qo‘llab-quvvatlamoqda. Tomoshabinlar oqimi davom etyapti.

photo_2022-06-04_20-11-48

11. Ayni daqiqalarga kelib, qatarlikni to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi.

10. Olis masofadan Alibek Davronov darvozani nishonga oldi. Kuchsiz chiqqan zarbani posbon osonlik bilan ushlab oldi.

9. Ulug‘bek Hoshimov pressing uyushtirdi, raqib darvozaboni xato qilishiga bir bahya qoldi.

8. Bizga xabar berilishicha, Jasur golni O‘zbekiston U23 jamoasining marhum a’zosi Diyor Rahimqulovga bag‘ishlagan.

7. Husain Norchaev raqib yarim maydonida qoida buzdi. Hakam uni sariq kartochka bilan jazoladi.

6. Goldan ruhlangan jamoamiz nazoratni davom ettirmoqda. Bo‘shashish kerak emas, yigitlar!

photo_2022-06-04_20-11-50

5. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL! JASUR JALOLIDDINOV!

Sardorimizning jarima maydoni tashqarisidan bergan super zarbasi ustunga tegib, darvozadan joy oldi.

4. Vakillarimiz markazda to‘pni nazorat qilmoqda.

3. Qanotdan oldinga o‘tgan Hojimat Erkinov zararsizlantirildi.

2. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Ne’matov ushlab oldi. Xavf bartaraf etildi.

1. Ilk zarba raqiblarda, to‘p himoyachimizdan maydonni tark etdi.

1. Uchrashuvga start berildi!

0. Hakamlar jamoa sardorlari ishtirokida rasmiy jarayonlarni o‘tkazib oldi. O‘yinni boshlash uchun barchasi shay!

0. Navbat O‘zbekiston madhiyasiga! Uni barchamiz birgalikda kuylaymiz!

0. Qatar davlat madhiyasi yangramoqda!

0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. Muxlislar ularni olqishlar bilan qarshi oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!