Qatar - O‘zbekiston: Vakillarimiz oq rangdagi liboslarda harakat qiladi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari start olmoqda.
Ertaga Temur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya jamoamiz Qatarga qarshi maydonga tushadi. O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, vakillarimiz mazkur qarama-qarshilikda oq (darvozabonimiz qora) libosda harakat qiladi. Bahs 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ilk turda O‘zbekiston 3, Qatar 1 ochkoni qo‘lga kiritgandi. Arablarga qarshi bellashuvdagi ehtimoliy g‘alaba "oq bo‘rilar"ni muddatidan oldin keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin.
Fikrlar