
"Qatar Masters". 1-tur natijalari bilan tanishing!
"Qatar Masters" musobaqasi start oldi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 94200 AQSh dollarini tashkil etadi. Musobaqa formatiga ko‘ra, ishtirokchilar 9 tur davomida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Vaqt nazorati esa klassik.
Musobaqada umumiy 53 nafar (15 nafari Open A, 38 nafari Open B guruhida) o‘zbekistonlik shaxmatchilarimiz ishtirok etishmoqda.
1-tur yakunlandi. Nodirbek Abdusattarov va Nodirbek Yakubbaev uchun 1-tur biroz omadsiz boshlandi. Abdusattorov Mahdavi Rezaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Yakubbaev Moksh Amitga yutqzib qo‘ydi. Bahrom Bahrillaev Vasiliy Ivanchuk bilan durang qayd etdi. Afruza Hamdamova kuchli grossmeyster Lorenzo Lodichini taslim etdi. Shamsiddin Vohidov Leo Tau Nguenn ustidan g‘alaba qozondi.
To‘liq natijalarni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin
Fikrlar