
Qatar. Tursunovning jamoasida durang, Abduxoliqov to‘p suradigan jamoada g‘alaba
Kecha Qarar Yulduzlar ligasida 7-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Al-Xaritiyat” jamoasi o‘z maydonida “Al-Arabi”ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga durangga erishdi. Tursunov 84-daqiqada zahiraga olindi.
Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘p suradigan “As-Sayliya” esa o‘z uyida “Umm Salal”dan 3:2 hisobida ustun keldi. Abduxoliqov 74-daqiqada zahiraga olindi.
Qatar Yulduzlar ligasi. 7-tur
“As-Sayliya” – “Umm Salal” 3:2
“Al-Xaritiyat” – “Al-Arabi” 1:1.
Fikrlar