Qay holatda Ronaldu "Barselona"ga qarshi o‘ynashi mumkin?

  • 13.10.2020 22:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib olganligi haqida xabar bergan edik.

Portugaliyalik hujumchi Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori. Chunki o‘yingacha 2 hafta vaqt qoldi va Ronaldu izolyatsiyaga olingan. Biroq o‘yindan 1 hafta oldin Krishtianuning koronavirus testi manfiy natija bersa, UEFA unga o‘yinga tushish uchun ruxsat beradi.

Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu yana bir maydonda harakat qilishi mumkin. Javob uchrashvi esa, 8 dekabrga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!